ЎЗБЕКИСТОН ТЕМИРЙЎЛЧИЛАРИ ВА ТРАНСПОРТ ҚУРУВЧИЛАРИ КАСАБА УЮШМАСИ РЕСПУБЛИКА КЕНГАШИ (РК)

“Zukko kitobxon–2021” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
26.06.2021

“Quyuv – mexanika zavodi” shoʻba korxonasida Kasaba uyushma qo‘mitasi hamda yoshlar ittifoqi tomonidan “Zukko kitobxon-2021” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5ta muhim tashabbus hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining 293-N sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash va yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning intellektual salohiyati va ma’naviy saviyasini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda ishtirokchilar 4ta shart bo‘yicha bellashishdi.

Xay’at a’zolari ishtirokchilarning kitob mutoalasi bo‘yicha bilimlarini sinab, tanlov g‘oliblarini aniqladilar.  Unga ko‘ra 1-o‘rinni korxonaning bosh texnolog bo‘limi muhandis-texnologi Mohichehra Ashurova egalladi. 2-o‘rin umumiy bo‘lim muhandisi Javohir Xudoyberdiyevga nasib etdi. Kuchli uchlikdan qurilish va ta’mirlash sexi ustasi Damir O‘rinov joy oldi.
 
– Kitob insonning erkin fikrlashi, dunyoqarashining kengayishi, aqlan yetuk bo‘lishi hamda ma’naviyatining shakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi, – deydi “Quyuv – mexanika zavodi” shoʻba korxonasining Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Uchqun Qahhorov. – Shu bois korxonamizda an’anaviy tarzda kitobxonlik bo‘yicha ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib, ishchi-xodimlarimizni kitobga bo‘lgan muhabbatini oshirish orqali ularning intellektual salohiyatini yuksaltirishga harakat qilamiz. Kitob o‘qigan insonning aqli charxlanib, ma’naviyati boy bo‘ladi va yetuklik sari ildamlayveradi. Kitob o‘qimagan insonning ongi esa ma’naviy qashshoqligicha qolaveradi. 

Tanlov g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Axborot-tahliliy media markaz

369
Боғланиш
Телефон +998 71 238 85 84
Факс: +99871 237 94 94
Адрес: 100060, Ўзбекистон Республикаси, Тошкент шаҳри, Тарас Шевченко кўчаси, 7 уй
Обуна