Xon atlas – bir necha yuz yillik tarixga ega matolarimizdan. O'zligimizni, o'zbekligimizni eslatib turuvchi bu matodan tikilgan liboslar ayollarimizga, qizlarimizga o'zgacha joziba, ko'rk, chiroy bag'ishlaydi.
11-sentabr kuni, "Temiryo'lekspress" AJ xotin-qizlari o'rtasida shu qadriyatlarni kuchaytirish maqsadida "Xon atlas" fetivali tashkil etildi. Korxona rahbariyati hamda kasaba uyushma qo'mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan festivalda korxonaning xodimalari ishtirok etdilar.
– O'zbek milliy liboslariga mehr uyg'otish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda O'zbekona sharm-hayo me'yorlarini targ'ib qilish, "Xon atlas" festivali korxonamizning yana bir oddiy ish kuniga xushkayfiyat va go'zallik havosini olib keldi. Milliyligimiz ramzi, faxri va buvilarimiz siymosi bo'lgan xon atlas barcha ayol va qizlarimizga birdek yarashishiga yana bir bor amin bo'ldik, - deydi korxona kasaba uyushma qo'mitasi raisi Nodira Ramazonova.