ЎЗБЕКИСТОН ТЕМИРЙЎЛЧИЛАРИ ВА ТРАНСПОРТ ҚУРУВЧИЛАРИ КАСАБА УЮШМАСИ РЕСПУБЛИКА КЕНГАШИ (РК)

TEMIRYOʻLCHILAR UCHUN TAQDIM ETILGAN IJTIMOIY PAKETDAGI BEMINNAT TIBBIY XIZMATLAR
12.09.2024
Jamiyatimiz “Temiryoʻl ijtimoiy xizmatlar” muassasasi tarkibidagi davolash-profilaktika muassasalarida temiryoʻl ishchi-xodimlari salomatligini tiklash, birlamchi ambulator - poliklinika boʻgʻinini  kasalliklarni erta aniqlaydigan va davolaydigan tizim sifatida rivojlantirish, raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish, soha rivojlanishining yaqin va uzoq muddatli istiqbollarini belgilash, tibbiy xizmatlar hajmini oshirish va sifatini tubdan yaxshilash, tibbiyot xodimlarining bilimini oshirish, soha boʻyicha taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish masalalarida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

 Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi temiryoʻl transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-329 – sonli qaroriga koʻra, jamiyat tarkibida “Temir yoʻl ijtimoiy xizmatlar” muassasasi tashkil etildi. Muassasa tizimiga turli tashkilotlar, shu jumladan davolash-profilaktika muassasalari kiritilgan boʻlib, ularda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi barcha muassasa, tashkilotlarda mehnat qilayotgan temiryoʻlchilar, tizim tashkilotlaridan pensiyaga kuzatilgan faxriylar va temiryoʻlchilarning 15 yoshgacha boʻlgan farzandlariga sifatli, yuqori malakali tibbiy xizmatlar koʻrsatilib kelinmoqda.

 Bundan tashqari, maʼlum hajmda belgilangan poliklinika va statsionarlarda koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar roʻyxati bekor qilindi. Endilikda, joriy 2024-yilning 1 avgustidan boshlab, “Temir yoʻl ijtimoiy xizmatlar” muassasasi tarkibidagi davolash va profilaktika shifoxonalariga (statsionarlar va poliklinikalarga) biriktirilgan temiryoʻlchilar uchun koʻrsatiladigan tibbiy xizmat turlari har ikki turdagi muassasalarda roʻyxat bilan chegaralanmaydi va bepul amalga oshiriladi. Bu xizmatlar temiryoʻl ishchi-xodimlari uchun ish beruvchi tomonidan taqdim etilgan “ijtimoiy paket”ning bir qismi hisoblanadi.

 Jamiyatimizdagi barcha shifoxona va poliklinikalarga davolanish, davriy tibbiy koʻrikdan oʻtish va turli tibbiy maslahatlar olish uchun murojaat eting.


60
Боғланиш
Телефон +998 71 238 85 84
Факс: +99871 237 94 94
Адрес: 100060, Ўзбекистон Республикаси, Тошкент шаҳри, Тарас Шевченко кўчаси, 7 уй
Обуна