“Temir yo‘l ijtimoiy xizmatlar” muassasasi tizimidagi barcha tashkilotlarda umumxalq hashari bo‘lib o‘tdi.
Ma'lumki, 24-25 avgust kunlari mamlakatimiz mustaqilligining 33 yillik bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarida aholining daxldorlik hisini shakllantirish, mahallalar va aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida Respublikamizda “Mahalla obod - yurt obod” shiori ostida umumxalq hashari o‘tkazilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan, “Temir yo‘l ijtimoiy xizmatlar” muassasasi tizimidagi barcha tashkilotlarda umumxalq hashari bo‘lib o‘tmoqda.