Shu maqsadda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Toshkent davlat transport universiteti bilan birgalikda so‘nggi olti oy davomida “Quyuv-mexanika zavodi” AJ bazasida payvandlash sohasida ilg‘or xorijiy mamlakatlar talablari asosida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha korxona qoshidagi Toshkent davlat transport universiteti filiali bazasida “Payvandlashga ixtisoslashgan” markaz tashkil etildi.
Markazdan zamonaviy o‘quv xonalari, amaliyot palegonlari, talabalar turar joyi va oshxona o‘rin olgan.
Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilgan:
- payvandlashning asosiy turlari bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini “dual” taʼlim tizimi asosida tashkil etish;
- ilg‘or xorijiy turdosh ixtisoslashtirilgan markazlarni o‘quv-fan dasturlari asosida zamonaviy, potensial ish beruvchilarning talab-takliflari bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarining dasturlarini ishlab chiqish;
- tinglovchi-o‘quvchilarning malakaviy kasbga yo‘naltirilgan kurslarda xorijiy til ko‘nikmalarini (ingliz, rus va arab) chuqurlashtirilgan tarzda shakllantirish;
- zamonaviy o‘quv-amaliy markaz tashkil etish orqali «taʼlim - amaliyot - ishlab chiqarish – innovatsiya» tizimida sohani rivojlantirishga qaratilgan “ustoz-shogird” anʼanalarini samarali yo‘lga qo‘yish;
- kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishgan holda o‘quv kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga xalqaro tan olingan tillarda (kamida uchta) tegishli sertifikat berishni taʼminlash.
Markazning shtat jadvallari, Nizom va o‘quv dasturlari Toshkent davlat transport universiteti tomonidan ishlab chiqilgan va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan.
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi