Andijon mexanika zavodida ko‘p yillik fidokorona mehnati, ijtimoyi-iqtisodiy hayotdagi faol ishtiroki bilan yurtimiz ravnaqi va taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda jamiyat boshqaruv raisi yig‘ilganlarni istiqlol shodiyonalari bilan qutlab, barchaga zimmalariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib kelayotganliklari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Shuningdek, Andijon mexanika zavodi va kasaba uyushmasi Qo’mitasi qo‘shma qaroriga muvofiq bir qator ishchi-xodimlarga faxriy yorliqlar va tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.