“Termiz MTU” filiali Hududiy kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan mustaqillik bayrami munosabati bilan 17 nafar faol ishchi xodimlar qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.
O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining 2024 yilning 12 avgust kunidagi "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi"bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda kasaba uyushmalarining ishtiroki to‘g‘risida"gi 6-65-"s"sonli ijroiya qo‘mitasi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida “Termiz MTU” filiali tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda ishlovchi 10 nafar boquvchisi yo‘q va ijtimoiy himoyaga muhtoj farzandalarini maktabda o‘qitayotgan ishchi xodimlarga Uzel boshlig‘i F.S.Giyazov va KUHQ raisi G‘.B.Daminovlar bir martalik 500 000 (besh yuz ming) so‘m miqdorida pul mukofotini topshirdi. Bundan tashqari “Termiz MTU” filiali Hududiy kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan mustaqillik bayrami munosabati bilan 17 nafar faol ishchi xodimlar qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.
"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati