"Toshkent mexanika zavodi" AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Vatan bilan ulg‘ayar shonu shavkatim!" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Dastlab boshqaruv raisi Z.Z.Isoqov va kasaba uyushma qo'mitasi raisi N.M.Tashniyazov tomonidan tizimda faoliyat yuritayotgan, shu bilan birga, yurtimiz tinchligini ta’minlashga ulkan hissa qo‘shayotgan barcha Vatan himoyachilariga samimiy bayram tabrigi yo‘lladi. So‘ng xizmat burchini a’lo darajada o‘tayotgan xarbiy vakolatxona vakillari esdalik sovg‘alar bilan takdirlandilar.
Tadbir davomida Media-markaz tomonidan ijodiy va iqtidorli ayollar jamoasi ishtirokida yaratilgan bayramona videorolik namoyish etildi. Ushbu video barcha Vatan himoyachilariga samimiy tabrik va minnatdorchilik izhoriga aylandi.
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir nafaqat bayramga sabab bo‘ldi, balki mehnat jamoasida jamoaviy ruh va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi.
manba: @Temiryo'lchi_yoshlar