Buxoro uzeli rahbari ishchi-xodimalr bilan uchrashuv o'tkazdi.
Buxoro mintaqaviy temir yo'l uzeli filiali rahbari A.SH.Bozorov boshchiligida va kasaba uyushma hududiy qo'mitasi raisi M.U.Jumayev bilan birga poyezdlar harakat xavfsizligini ta'minlash va hududlarda nuqsonli holatlarni oldini olish maqsadida bugun Uchquduq uzeli hududida joylashgan korxonalarda faoliyat yuritib kelayotgan ishchi-xodimlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi va nazorat ko'rigi o'tkazdilar.
Uchrashuvda 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar, yo'l qo'yilgan kamchiliklar tahlili, joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar muhokama qilindi hamda ishchi-xodimlarni qiynab kelayotgan muammolariga yechim topishga alohida e'tibor qaratildi. Shu bilan bir qatorda uzel rahbari ishtirokida Uchquduq uzeli hududida joylashgan temir yo'l bekatlari, korxonalarning bo'linmalari, temir yo'l izlari va qurilmalarning sozligi ko'zdan kechirildi. Ko'rik davomida uzel rahbari tomonidan kerakli ko'rsatmalar berib o'tildi.
manba: BUXORO MTU FILIALI AXBOROT XIZMATI