ЎЗБЕКИСТОН ТЕМИРЙЎЛЧИЛАРИ ВА ТРАНСПОРТ ҚУРУВЧИЛАРИ КАСАБА УЮШМАСИ РЕСПУБЛИКА КЕНГАШИ (РК)

Termiz MTU kasaba uyushma hududiy qo‘mitasiga a’zo korxona, tashkilot va stansiyalarda ishlovchi xotin-qizlar o‘rtasida sportning 4 ta turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
26.02.2025
oriy yilning 26-fevral kuni “Atrof-muxitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” davlat dasturi ijrosi hamda  8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Termiz MTU kasaba uyushma hududiy qo‘mitasiga a’zo korxona, tashkilot va stansiyalarda ishlovchi xotin-qizlar o‘rtasida sportning 4 ta turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. 

Qiziqarli holatlarga boy va murosasiz bo‘lib o‘tgan musobaqada g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan “Termiz MTU” filiali boshlig‘i F.S.Giyazov va Hududiy kasaba uyushma qo‘mitasi raisi G‘.B.Daminovlar tomonidan tantanali ravishda taqdirlandilar. O‘tkazilgan sport musobaqasida ishtirok etgan "Eng yosh ishtirokchi", "Eng yaxshi texnik o‘yinchi" va "Eng faol intizomli jamoa rahbari" nominatsiyalarini olganlar ham diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 

Tadbir so‘ngida sport musobaqasi tadbirida faollik ko‘rsatgan tashkiliy qo‘mita a’zolari ya’ni kasaba uyushma xodimlari, xotin-qizlar maslahat kengashi va yoshlar yetakchilariga minnatdorchilik bildirildi.


"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati








18
Боғланиш
Телефон +998 71 238 85 84
Факс: +99871 237 94 94
Адрес: 100060, Ўзбекистон Республикаси, Тошкент шаҳри, Тарас Шевченко кўчаси, 7 уй
Обуна