ЎЗБЕКИСТОН ТЕМИРЙЎЛЧИЛАРИ ВА ТРАНСПОРТ ҚУРУВЧИЛАРИ КАСАБА УЮШМАСИ РЕСПУБЛИКА КЕНГАШИ (РК)

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Boshqaruvi kasaba uyushmasi qo‘mitasining VIII hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
07.04.2025
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Boshqaruvi kasaba uyushmasi qo‘mitasining VIII hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 4-aprel kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi kasaba uyushmasi qo‘mitasining VIII hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakillari, shuningdek O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi a’zolari ishtirok etdi.

Konferensiya davomida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Boshqaruvi kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2020-yil aprelidan 2025-yil aprelgacha bo‘lgan davrdagi faoliyati tahlil qilindi. Hisobotda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlanmalar, erishilgan yutuqlar va mavjud muammolar xolisona yoritildi. Shuningdek, kelgusi yillarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Konferensiya doirasida Boshqaruv kasaba uyushmasi qo‘mitasining raisi va qo‘mita a’zolari saylovi ham o‘tkazildi. Delegatlar tomonidan o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, Umarova Shaxlo Abduvarisovna ko‘pchilikning ishonchiga sazovor bo‘lib, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Boshqaruvi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi lavozimiga qayta tasdiqlandi.











125
Боғланиш
Телефон +998 71 238 85 84
Факс: +99871 237 94 94
Адрес: 100060, Ўзбекистон Республикаси, Тошкент шаҳри, Тарас Шевченко кўчаси, 7 уй
Обуна