ЎЗБЕКИСТОН ТЕМИРЙЎЛЧИЛАРИ ВА ТРАНСПОРТ ҚУРУВЧИЛАРИ КАСАБА УЮШМАСИ РЕСПУБЛИКА КЕНГАШИ (РК)

Yoshlar forumi doirasida ochiq muloqot!
23.06.2025
          Mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanayotgan “Yoshlar forumi” tadbirlari doirasida turli vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan yoshlar uchun keng imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Ushbu forumning asosiy maqsadi – yosh avlod vakillari bilan ochiq muloqot qilish, ularning fikr va takliflarini eshitish, shuningdek, ularni rag‘batlantirish orqali kelajak avlod yetakchilarini shakllantirishdan iborat.
          Joriy yilning 20-iyun kuni “O'zbekiston temir yo'llari” AJ katta majlislar zalida navbatdagi muhim uchrashuv — “Rahbar va yoshlar” mavzusida muloqot va iqtidorli yoshlarni taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.
          Mazkur uchrashuvda jamiyat tizimida faoliyat yuritayotgan iqtidorli yoshlar, yoshlar yetakchilari va turli soha vakillari bilan ochiq muloqot olib bordi.
          Tadbir davomida  jamiyat rahbariyati hamda tarmoq kasaba uyushmasi tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, kasbiy o‘sish, bilim va ko‘nikmalarni oshirish, innovatsion fikr va takliflarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, tashabbuslar va g‘oyalarini bevosita rahbarlarga taqdim etishdi.
           O'zbekiston temityo'lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi kelajak poydevorini yaratishda faol bo‘lgan har bir yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi!


















1
Боғланиш
Телефон +998 71 238 85 84
Факс: +99871 237 94 94
Адрес: 100060, Ўзбекистон Республикаси, Тошкент шаҳри, Тарас Шевченко кўчаси, 7 уй
Обуна