ЎЗБЕКИСТОН ТЕМИРЙЎЛЧИЛАРИ ВА ТРАНСПОРТ ҚУРУВЧИЛАРИ КАСАБА УЮШМАСИ РЕСПУБЛИКА КЕНГАШИ (РК)

“Quyuv-mexanika zavodi” AJ majlislar zalida jamiyat boshqaruv raisi X.N.Xasilov va jamiyat faol yoshlari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
23.01.2026
     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-iyundagi 31-sonli bayonida berilgan topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 22-yanvar kuni “Quyuv-mexanika zavodi” AJ majlislar zalida jamiyat boshqaruv raisi X.N.Xasilov va jamiyat faol yoshlari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
    Dastlab, “Quyuv-mexanika zavodi” AJ Yoshlar yetakchisi tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berildi. Xususan, yil davomida “Innovatsion g‘oyalar – 2025”, “Kasbim-faxrim – 2025”, “Zukko kitobxon – 2025” kabi ko‘rik-tanlovlar, sportning futbol turi bo‘yicha “Boshqaruv raisi kubogi – 2025” musobaqasi, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida 10 dan ortiq profilaktik tadbir va uchrashuvlar o‘tkazilganligi ta’kidlandi, shuningdek, umumiy hisobda 4 marta jamiyat yoshlari va rahbariyat o‘rtasida o‘tkazilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari natijalari asosida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalarga topilgan yechimlar bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tdi. 
 Shundan so‘ng, jamiyat boshqaruv raisi X.N.Xasilov va jamiyat yoshlari o‘rtasida ochiq muloqot shaklidagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Dastlab, X.N.Xasilov yoshlarga murojaat qilib, so‘nggi yillarda Respublikamizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida o‘zining hayotiy tajribasidan kelib chiqqan holda atroflicha ma’lumot berib o‘tdi. Boy va uzoq yillik hayotiy hamda mehnat tajribasidan kelib chiqqan holda, kelajakda yoshlar uchun zarur bo‘ladigan o‘gitlarni berib o‘tdi. Asosiy e’tibor Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlar oldiga qo‘yilayotgan talablarning mohiyatini anglash, yoshlar tomonidan bildirilayotgan takliflarning ishlab chiqarish bilan bog‘liqligi, innovatsion ishlanmalar va ratsionalizatorlik takliflarini ko‘paytirish, xorijiy tillarni mukammal o‘rgangan holda jahon amaliyotdagi ilg‘or texnika va texnologiyalarni yurtimiz ishlab chiqarish maydonlarida faol tatbiq etish masalalariga qaratildi. 
    Ayniqsa ushbu jarayonlarda serg‘ayrat, intiluvchan hamda kreativ fikrlash qobiliyatiga ega yoshlarning o‘zlari shaxsan ishtirok etishlari hamda sanoat korxonalarida zamonaviy va samaradorligi yuqori bo‘lgan loyihalarni o‘z qo‘llari bilan yaratishlari da’vat etildi. Zero, yaratilgan har qanday yangi mahsulot yoki innovatsion ishlanmalardan kelajakda aynan yoshlar foydalanishadi.
   Uchrashuvning so‘ngi qismida “Innovatsion g‘oyalar – 2025” ko’rik tanlovi g’oliblari jamiyat boshqaruv raisi tomonidan faxriy yorliq va pul mukofotlarini qabul qilib olishdi.




Боғланиш
Телефон +998 71 238 85 84
Факс: +99871 237 94 94
Адрес: 100060, Ўзбекистон Республикаси, Тошкент шаҳри, Тарас Шевченко кўчаси, 7 уй
Обуна