“Quyuv-mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatida buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburni 543 yilligi tavallud kunlariga bag‘ishlangan “Jahonning ikki buyuk insoniga ehtirom” mavzusida adabiy-badiiy, maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir va tarjimon Asror Mo‘min xamda Falsafa fanlari doktori, shoir Baxranov Lazizjon Erkinovichlar ishtirok etishdi.