2026 yil 6-fevral kuni Termiz temiryo‘lchilar madaniyat saroyida “Termiz MTU” filiali Hududiy kasaba uyushma qo‘mitasi hamda Yoshlar kengashi hamkorligida buyuk bobokalonlarimiz Mir Alisher Navoiy va shoh hamda shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bag‘ishlangan “Buyuklar ijodi — hamisha barhayot” nomli adabiy-badiiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur tadbirda temiryo‘lchi xodimlar ishtirok etdi. Tadbirni o‘tkazishda “Termiz MTU” filiali boshlig‘i G‘.O.Mamadaliev, Hududiy kasaba uyushma qo‘mitasi raisi K.P.Karimov hamda Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi, professor Parda Alimovlar faol qatnashib, ma’naviy-ma’rifiy mavzudagi chiqishlari bilan tadbir mazmunini boyitdilar.
Tadbir davomida mumtoz adabiyotimiz namoyandalari hayoti va ijodi keng yoritildi, badiiy chiqishlar namoyish etildi. Faol ishtirok etgan bir guruh iqtidorli yoshlar “Termiz MTU” filiali Hududiy kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan kitoblar jamlanmasidan iborat esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati


