ЎЗБЕКИСТОН ТЕМИРЙЎЛЧИЛАРИ ВА ТРАНСПОРТ ҚУРУВЧИЛАРИ КАСАБА УЮШМАСИ РЕСПУБЛИКА КЕНГАШИ (РК)

MEHNAT MUHOFAZASI — XAVFSIZ MEHNAT GAROVI
14.09.2026
MEHNAT MUHOFAZASI — XAVFSIZ MEHNAT GAROVI

O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Mehnat muhofazasi bo‘limi hamda ishchi guruhi tomonidan Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali tarkibidagi korxona va tashkilotlarda joriy yilning 9–11-sentyabr kunlari mehnat muhofazasi holati bo‘yicha monitoring o‘tkazildi.

Monitoring jarayonida korxona va tashkilotlarda mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishi, xodimlar uchun xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlarini yaratish hamda mavjud kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

11-sentyabr kuni monitoring natijalari yuzasidan Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali korxona va tashkilotlarining bosh muhandislari, kasaba uyushma qo‘mita raislari, mehnat muhofazasi muhandislari hamda mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh vakillari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening davomida quyidagi muhim mavzular atroflicha muhokama qilindi:

— “Oqibati yengil baxtsiz hodisa sodir bo‘lganda Sizning harakatlaringiz”;
— “Tashkilotingizda uch bosqichli ma’muriy-jamoatchilik nazoratini tashkil etish”;
— “Tashkilotda ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi qanday amalga oshiriladi?”;
— Monitoring davomida aniqlangan holatlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari.

Seminar-treningda mehnat muhofazasi va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish, xodimlar hayoti va salomatligini muhofaza qilish borasida mas’uliyatni yanada oshirish yuzasidan fikr va tavsiyalar bildirildi.

Seminar-treningda faol ishtirok etgan xodimlar Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli Hududiy kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Mehnat muhofazasi — bu nafaqat talab, balki har bir xodim hayoti va salomatligining muhim kafolatidir!














Боғланиш
Телефон +998 71 238 85 84
Факс: +99871 237 94 94
Адрес: 100060, Ўзбекистон Республикаси, Тошкент шаҳри, Тарас Шевченко кўчаси, 7 уй
Обуна