“O‘zbekiston” lokomotiv deposida “Harakat xavfsizligi kuni” yig‘ilishi hamda Sayyor qabul o‘tkazildi!
14.10.2026
“O‘zbekiston” lokomotiv deposida haftaning har chorshanba kuni an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Harakat xavfsizligi kuni”ning navbatdagi yig‘ilishida Sayyor qabul korxona rahbari O.M.Maxsumov hamda O’zbekiston Temiryo’lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o’rinbosari M.Rozimetov, bosh huquqiy maslaxatchisi A.D.Azizov, mehnat huquq inspektori O.E.Xalbayev, Toshkent MTU kasaba uyushma hududiy qo’mitasi raisi G’.G’.Sabirov hamda o’rinbosari O.R.Tuxtamatovlar boshchiligida o’tkazildi.
Yig’ilishda xodimlar yangi qarorlar, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda sohadagi yangiliklar bilan yaqindan tanishtirildi. Uchrashuv davomida ishchilar bilan samimiy va ochiq savol-javoblar o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va mulohazalar tinglandi.
Yig’ilishdan so’ng korxonaga kelgan mehmonlarga korxona ishchi hodimlariga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.