Jamiyatimiz “Temiryoʻl ijtimoiy xizmatlar” muassasasi tarkibidagi davolash-profilaktika muassasalarida temiryoʻl ishchi-xodimlari salomatligini tiklash, birlamchi ambulator - poliklinika boʻgʻinini kasalliklarni erta aniqlaydigan va davolaydigan tizim sifatida rivojlantirish, raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish, soha rivojlanishining yaqin va uzoq muddatli istiqbollarini belgilash, tibbiy xizmatlar hajmini oshirish va sifatini tubdan yaxshilash, tibbiyot xodimlarining bilimini oshirish, soha boʻyicha taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish masalalarida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.